Меню

Amidan suv kelgan qizlar

Hayz nima? Yosh qiz va onalarga maslahatlar

Hayz sikli-ritmik va siklik qaytalanuvchi gormanal o‘zgarishlar bolib organizmni homlaorlikka tayorlashdir.Hayz — oy ko‘rishning boshlanishi qizlarning balog‘atga yetganidan nishona. Bu qizlar va ayollarda har 21—30 (ko‘pincha 28) kunda sodir bo‘ladigan, 3—6 kun davom etadigan biologik jarayon. Hayz payti asosan tuxumdon va bachadonda o‘zgarish ro‘y beradi, bachadondan ma’lum miqdorda qon ketadi.

Qizlarning birinchi hayz ko‘rishi

Bu asosan qiz bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilar (ko‘krak-sut bezi to‘lishib, qov usti va qo‘ltiqda jun o‘sishi va b.) yetilganidan keyin boshlanadi. Qizlarning qachon hayz ko‘ra boshlashi va muddati ularning sog‘lig‘i va turmush tarziga, shuningdek turar joyi va iqlimga bog‘liq. Qizlarning hayz ko‘rishi kechiksa, ya’ni ular (15—16 yoshgacha ham hayz ko‘rmasalar), albatta, ayollar maslahatxonasidagi mutaxassis vrachlarga uchrashish tavsiya etiladi. Oylik qon kelishning maromi, muddati, ko‘p yoki ozligi, og‘riqli-og‘riqsiz kechishi qiz bolaning ahvoliga, uning shaxsiy gigiyenaga nechog‘li rioya etganiga bog‘liq. Odatda, sog‘lom, chiniqqan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan va to‘g‘ri ovqatlangan qizlarda hayz kelishi nisbatan bilinmay o‘tadi.

Nimjon, salga kasalga chalinib, tez-tez toliqib qoladigan qizlar esa hayz paytida sillalari qurib, boshlari og‘riyotganidan, qorni va bellari sirqirayotganidan shikoyat qiladilar. Bir necha oy davomida qizingizning hayz ko‘rishi bir maromga tushib, og‘riq yo‘qolmasa, vrachga murojaat etish kerak. Hayz ko‘rish muddati boshida o‘zgaruvchan bo‘lib, keyinchalik aniq qaror topadi va 21—24, 25—28, 29—32 kunda bir maromda kelib turadi. Qiz bola organizmi balog‘atga yetish davrida hissiyotlarga boy, yaxshi va yomon kayfiyatlarga o‘ta beriluvchan bo‘ladi.

Hayz buzilishiga sabab

Asabiy va ruhiy buzilishlar, turmushdagi noxushliklar, jismonan va aqliy jihatdan toliqish, shuningdek ayrim yuqumli kasalliklar hayz marominint buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu davrda qizlar bilan nihoyatda ehtiyot bo‘lib muomala qilish, ularning ruhan va jismonan zo‘riqishiga, toliqishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Qizlar birinchi bor hayz ko‘rganda bu haqsa ko‘pincha tasavvurga ega bo‘lmaganlari sababli juda hayajonlanadilar. Buning oldini olib onalar, opalar qiz bolani hayz ko‘rishga oldindan tayyorlab borganlari ma’qul. Masalan, qizingiz to‘qqiz — o‘n yoshga kirgandayoq ularga hayz haqida dastlabki tasavvurni bering.

Aks holda bu jarayonning kutilmaganda boshlanishi qizingizda qo‘rquvgina emas, boshqa noxush kayfiyatlarni ham yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari hayz tabiiy fiziologik jarayon bo‘lishiga qaramay, yosh organizm uchun katta sinov hamdir. O‘z vaqtida onasidan kerakli ma’lumotni olmagan qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javobni boshqa manbalardan axtara boshlaydilar. Har bir a’zoning o‘ziga xos xususiyati borligini hali to‘la anglab yetmay ba’zan kitobdan, ba’zan duch kelgan joydan eshitgan maslahatlarga ko‘r-ko‘rona ergashadilar. Oqibat o‘zlari ham bilmay tuzatib bo‘lmas xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.

Hayz ko‘rish davrida gigiyena

Gigiyena qoidalariga ayniqsa hayz davrida qattiq amal qilish kerak. Ayniqsa, jinsiy a’zolarni ozoda tutish lozim, chunki hayz qoni infeksiya ko‘payishi, uni qin va bachadonga kirishi uchun juda qulay hisoblanadi. Hayz ko‘rganda kuniga kamida ikki-uch marta qaynatilgan iliq suv bilan ostini yuvish lozim. Jinsiy a’zoni faqat xo‘jalik sovuni bilan yuvgan ma’qul. Atir sovun, pasta va turli shampunlarni ishlatmaganingiz yaxshi. Hayz davrida vanna qabul qilish, ochiq suv havzalarida, hovuzlarda cho‘milish, quyosh nurida toblanish tavsiya etilmaydi.

Faqat iliq dush qabul qilish mumkin. Jismoniy zo‘riqtiradigan mashqlar bilan shug‘ullanmaslik kerak, lekin ertalab badan tarbiya qilish mumkin. Hayz ko‘rishda qo‘yiladigan bog‘lovni tez-tez almashtirib turish zarur, issiqroq lozim (rituza) kiyib yurish kerak. Hayz ko‘rganda achchiq, nordon, sho‘r narsalar iste’mol qilmaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik kerak, aks holda ko‘p qon ketadi. Qiz bolalarda hayz maromi dastlab bir oz tartibsiz o‘tishi mumkin. Ayollarda esa hayz ma’lum kunlarda boshlanib, doimo bir maromda og‘riqsiz kechadi. Ayolning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi. Umri davomida hayz maromini kuzatib borish uchun aksariyat ayollar o‘zlariga moslab maxsus hayz taqvimlari (kalendar) tuzib oladilar va unga hayz kuni muddati va boshqa ma’lumotlarni muntazam qayd qilib boradilar. Xuddi shu udumni balog‘atga yetgan qizingizga ham o‘tkazsangiz yomon bo‘lmaydi.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida «Fikr bildirish» qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Источник

Jinsiy olatdan suv kelish zararlimi?

Jinsiy olatdan suv kelish zararlimi?

Unashtirilgan qizim bilan gaplashganimda olatimdan ikki uch tomchi suyuq narsa suvni rangida chiqadi taxorat ko’p buzilib qoladi. Bu kasalikmi?

Читайте также:  Заднее стекло для nissan juke

Erkaklar yigitlar ayniqsa uylanmaganlar sizning organizmingiz har safar ayol kishi bilan uchrashganigizda jinsiy aloqaga tayorgarlik ko’radi. Mana uchrashuvga chiqqan vaqtingizda uni qo’lini ushlaysiz, uni o’pishingiz mumkun yoki quchoqlaysiz. Sizning quchoqlashib o’pishingiz miya hozir shundan keyin jinsiy aloqa boshlanib ketadi deb chunadi.

Lekin siz so’ppayib uyga qaytishingizni miya bilmaydi. Shuning uchun bu narsadan qo’rqmaslik kerak. Miya hozir jinsiy aloqa bo’ladi deb aloqaga tayorlanayotgan bo’ladi. Bu shilliq modda ayol kishining qinga silliq kirib ketishi uchun tabbiy chiqadigan narsa hisoblanadi.

Uyquda bo’shanasizmi qizlar bilan bo’shanasizmi yo bo’lmasam chiroyli bir qizni ko’rib asbob turib ketib uchidan namlik chiqadigan bo’lsa bu holatda ham sizning erkakligingizdan dalolat beradi.

1 thought on “Jinsiy olatdan suv kelish zararlimi?”

Olimlar moyak ortiqlarida spermatofagiya jarayoni, ya?ni spermogenez biologik sanatsiyasi ro?y berishini aniqlashgan. Bu a?zodagi spermiofag maxsus hujayralari nuqsonli spermatozoidlarni yutib, hazm qilib, dunyoga nogiron bolalar kelish xavfini salmoqli darajada kamaytirar ekan.

Источник

O`SMIR QIZLARGA GINEKOLOG TAVSIYaLARI

— Endi katta qiz bo`lib borayapsan, bolam, — deyman kundan-kun durkunlashib, bo`yi bo`yimga etib borayotgan qizimga qarab. Rosti, undagi bu o`zgarishlar meni bir tomondan quvontirsa, boshqa tomondan xavotirga ham soladi. Bunday hisni, aslida, har bir ona yuragidan o`tkazadi. Negaki, bolaning o`smirlik davri ota va ona zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Farzandimizning tabiati, fe`l-atvoridagi o`zgarishlardan boxabar bo`lgach, uning balog`atga etishi jarayonida nimalarga e`tibor qaratish kerakligini o`ylab shoshib qolamiz. Sir emaski, bunday paytda o`smir, ayniqsa, qiz bolaga do`stona maslahat zarur. Ammo onalar, ko`pincha, mazkur masalada qizlari bilan sirlashishga istihola qilishadi. Qiz bolaning opasi bo`lsa-ku, mayli, bu davrning “nozik” jihatlari haqida ogohlantirishi mumkin. Lekin bo`yi etayotgan qizning bunday maslahatgo`yi yo`q bo`lsa-chi? Unda quyidagi tavsiyalar asqotishi aniq.

“Qizil kunlar” nimadan darak?

Qiz bola 11-12 yoshga etganida u hayz ko`radi, ya`ni jinsiy a`zolaridan qon keladi. Qo`rqma, bu kasallik emas, balki ayol kishida har oy takrorlanadigan holat. Odatda, ona necha yoshda hayz ko`ra boshlagan bo`lsa, qizda ham xuddi o`sha yoshda yoki unga yaqin vaqtda ana shunday o`zgarish kuzatiladi. Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, qiz bolaning vazni 47 kg. ga etganida u hayz ko`rar ekan. Ya`ni, ozg`in qizlar, do`mboqlarga qaraganda kechroq etiladilar. Ammo yoshing 15-16 ga etib qolgan va haligacha hayz ko`rmagan bo`lsang, shifokor ko`rigidan o`tish zarur.

  • Ilk alomatlar
  • Og`riqlimi?
  • Shifokorga borishdan avval.
  • Tibbiy ko`rik qanday o`tadi?
    • Necha yoshda hayz ko`ra boshlading? Ilk hayz necha kun davom etgan va so`nggi marta qachon bo`ldi? U har oyda bir vaqtda takrorlanadimi yoki bir necha oy hayz ko`rmaslik holatlari ham bo`lganmi?
    • Hayz davrida og`riq his qilasanmi? Ko`p qon keladimi?
    • Seni bezovta qilayotgan boshqa shikoyatlaring bormi?
  • “Ayollar shifokoriga bormayman!”
  • Hayz va sport
  • Hayz paytida cho`milish mumkinmi?

Hayz kelishidan bir necha oy avval qorinning pastki qismida biroz og`riq sezilishi, qindan rangsiz yoki oq ajralmalar kela boshlashi mumkin. Faqat bu ajralmalarda noxush hid borligini sezsang, albatta, onang yoki opangga aytishing lozim. Chunki, bu biror kasallik alomati bo`lishi ehtimoli bor. Ichki kiyimingda jigarrang ajralma izini ko`rsang, bilginki, bu birinchi hayz. Odatda, ilk hayzda bir necha tomchi qon keladi. Hayz har oy, ya`ni 28-30 kunda takrorlanadi va 3 kundan 7 kungacha cho`zilishi mumkin. Uning har oyda ma`lum bir vaqtda kelishi – salomatliging ko`rsatkichi hisoblanadi.

Oy ko`rishingdan bir necha kun avval qorinda pastga tortuvchi og`riq his qilishing mumkin. Unutmaki, juda qattiq og`riq tursa, qon miqdori ko`p bo`lsa, buni yaqinlaring (ona, opa, xola)ga bildirib, ginekolog shifokor ko`rigidan o`tish zarur.

4. Necha yoshda ginekologga borish kerak?

Agar seni hech narsa bezovta qilmasa, 13 yoki 15 yoshda ginekolog shifokorga ko`rinishing mumkin. Ginekolog nafaqat ayollar kasalligini davolaydi, balki qizlar u yoki bu kasallikka chalinishining oldini olish bilan ham shug`ullanadi. Kasallikni davolashdan ko`ra, uning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik osonroq. Shu sababli yiliga bir marotaba ginekolog ko`rigiga borib turishing, salomatliging uchun foydalidir.

Ichki kiyimlaring toza bo`lishi kerak. Ertaga ginekolog ko`rigiga borishni rejalashtirgan bo`lsang, uyquga yotishdan avval tozalanish, jinsiy a`zolarni yuvish zarur. Ammo ginekologga borishdan bir necha soat avvalbunday qilish tavsiya etilmaydi. Nega deganda, yallig`lanish yoki shamollash alomatlari bo`lgan ajralmalar yuvilib ketishi mumkin.

Читайте также:  Машина с трезубцем марка паркетник

Agar seni hech narsa bezovta qilmayotgan bo`lsa, shifokor suhbat jarayonida quyidagi savollarni berishi mumkin:

Ginekolog ushbu savollarga bergan javobingdan kelib chiqib, ko`krak bezlarini tekshirishi mumkin. Shuningdek, seni tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun maxsus ginekologik kresloga chiqishni buyuradi. Albatta, bu seni biroz xavotirga solishi tabiiy. Ammo yodingda bo`lsin, bu og`riqli jarayon emas, biroz yoqimsiz, xolos. Bundan tashqari, turmushga chiqmagan qizlarni shifokor ultratovush tekshiruvi yordamida ham tekshirishi mumkin. Shifokor a`zolarning qanchalik to`g`ri rivojlanayotgani va shamollash bor yoki yo`qligini ko`radi. Mabodo, ginekolog ko`rigi paytida og`riq his qilsang, buni darhol shifokorga bildirishing kerak.

Ginekolog shifokor ko`rigi sen tasavvur qilganingdek dahshatli hodisa emas. Shifokor salomatligingga zarar etkazadigan hech qanday harakat qilmaydi. U jinsiy a`zolar qanchalik to`g`ri rivojlanayotganini nazorat qilib, biror salbiy o`zgarish yo`qligiga ishonch hosil qilish uchun uni ko`zdan kechirishi lozim. Bu to`g`ri tashxis qo`yish uchun zarur va tekshiruv uzog`i bilan 2-3 daqiqa talab qiladi, xolos. Qo`rqma. Bordi-yu, hayajoningni enga olmasang, oyingdan qo`lingni ushlab turishini iltimos qilishing mumkin.

Yodingda tut: Ginekolog shifokor ko`rigiga borganing va qandaydir muolajalar olayotganing to`g`risida hatto eng yaqin dugonangga ham aytma. Qizlar bu kabi kichik sirlarning begonalar qulog`iga etishidan ehtiyot bo`lishlari kerak.

Hayz davrida qattiq og`riq his qilmasang va ko`p qon kelmayotgan bo`lsa, sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish mumkin.

Bunday paytda shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy amal qilish zarur. Ertalab va kechqurun iliq suv bilan jinsiy a`zolarni yuvish, ichki kiyimlarni yaxshilab dazmollanganiga almashtirish shart. Shuningdek, o`zingga tegishli alohida sochig`ing, sovun va mochalkang bo`lishi lozim. Hojatga chiqqaningdan keyin (yoki kechki payt), albatta, jinsiy a`zolarni to`g`ri yo`nalishda: old tarafdan orqaga qarata yuvish kerak.

Onalar uchun!

Qizingiz bo`yi etib, katta bo`lib qoldi. U bilan tengquridek bo`lmasa-da, yaqin insoni sifatida gaplashishingiz, maslahat berishingiz har ikkingiz uchun ham foydalidir. Chunki, siz bu bilan qizingizni bezovta qilayotgan muammolardan boxabar bo`lasiz va unga to`g`ri yo`l ko`rsatasiz. Bolangizning hali hayotda tajribasi bo`lmagan o`zi kabi dugonalari maslahatiga quloq tutib, ish ko`rishi to`g`ri emasligini unutmang.

Odatda, o`smir yoshdagi qizlar onasining kayfiyatini osonlik bilan o`ziga “yuqtiradi”. Va bu yoshda onalar farzandlaridan faqat o`zlariga ma`lum sabablarga ko`ra, uzoqlasha boshlaydilar. Natijada, yosh qiz o`z muammolari bilan yolg`iz qolib ketadi va o`ziga nisbatan ishonchi yo`qola boshlaydi. Shu bois, qizingizning bo`yi cho`zilishi bilan o`zingizning o`smir yoshingizni yodga oling. Farzandingizda ro`y berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarning tabiiy hol ekanligini unga tushuntiring. Qizingiz o`zini qiynayotgan barcha savollarga sizdan javob ola bilishini his qilsin. Va uning savollariga ortiqcha hissiyotga berilmay, vazminlik bilan javob qaytaring. Shu bilan birga qarshi jins vakillari bilan munosabatlarda ehtiyot bo`lishi kerakligini ham aytib o`ting.

Shu bilan birga o`smir yoshdagi qizingizni bolalar ginekologi ko`rigidan o`tkazish uyatli emas. Albatta, uni ko`rikdan o`tkazayotganingizni birovga ovoza qilishning hojati yo`q. Ammo, shu bilan birga, o`smir yoshdagi qizingizning to`g`ri rivojlanashi uning kelajak hayoti, homilador bo`la olishi, sog`lom farzand dunyoga keltira olishi uchun esa muhimligini unutmang. Shu sababli yilda bir bora bo`lsada, qizingiz bilan bolalar ginekologi ko`rigidan o`tib turish tavsiya qilinadi.

Maqola bolalar ginekolog shifokori Yoqut NURMUHAMMEDOVA bilan hamkorlikda Madina ZARIF tayyorladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Источник

Chimildiqdan qo’rqadigan qizlar uchun 7 ta maslahat

— Ming istihola bilan yozayapman. Bu nozik masalani kim bilan muhokama qilishni, kimdan jo`yali maslahat so`rashni bilmay boshim qotdi. Oxiri sizlarga murojaat qilishga ahd qildim. Yoshim 25da. Turmushga chiqqanimga ikki yil bo`lyapti. Ammo shu vaqtga qadar turmush o`rtog`im bilan o`rtamizda jinsiy yaqinlik yuz bermadi. Buni qarangki, ikkimiz ham bu borada juda savodsiz ekanmiz. Ochig`i, erim vaziyatni tuzatishga ko`p bora harakat qildi. Lekin juftim menga yaqinlashishi bilan titrashni boshlayman, qo`rqaman, vahima bosadi. Xuddi hozir o`lib qoladigandekman. Opam bilan maslahatlashib, turli xil tabiblarga borib ko`rdim. Biroq foydasi bo`lmadi. Meni hech kim tushunmayapti, hatto erim ham. yordamingizga muhtojman!

Aziz mushtariy! Tahririyatimizga yo`llangan har bir maktub biz uchun gazetamizga bo`lgan e`tiboringiz va ishonchingiz dalolatidir. Savolga javob istayotganingiz va masalaning echimini axtarayotganingizni gaplaringizdan sezib turibmiz. Bugungi mavzu garchi nozik bo`lsa-da, unga parda ortidan nazar tashlashimiz, balki siz sabab boshqalarga ham saboq bo`lar. Shu sabab «Sirlashuv» sahifamiz orqali chimildiqqa kirishga hadikkan kelinchaklarga maslahat beramiz.

Читайте также:  Kama alga suv hk 532 235 70r16

Mutaxassis: ruhshunos — Go`zal RO`ZMATOVA

Hammaning gapi chin bo`lavermaydi

Bu kabi holatlar turmushga chiqayotgan qizni nikoh kechasiga noto`g`ri tayyorlashning salbiy oqibatlaridan biri desa bo`ladi. Odatimizga ko`ra, kelinni nikoh kechasiga yangalari tayyorlaydi. Ularning gapini, albatta, inobatga oling. Ammo atrofingizdagi insonlar, dugonalaringizni har bir aytgan gapiga chin deb qarayvermang. Bu jarayon haqida turli salbiy fikrlarni eshitib, ko`p qon ketishi yoki kuchli og`riqdan qo`rqish sizni qiynashi tabiiy. Ammo oddiygina shamollashni har kim turlicha o`tkazgani kabi, ilk qovushish onlari ham hammada har xil kechadi. Bunda ikki yosh ham masalaga ehtiyotkorlik va e`tibor bilan yondashishi lozim.

Qarshingizdagi yigitni to`ydan avval sevmagan bo`lsangiz ham, uni ko`rib, bilib, to`yga rozilik bildirgansiz. To`yning dabdabali tomoshasi 4 soat davom etadi xolos, oldinda sizni pastu balandliklar, so`qmoqlarga to`la oilaviy hayot yo`li kutmoqda. Buni sizga tushuntirib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak. Axir nikohga rozilik bildirishdan avval bu inson farzandlaringiz otasi, sizning esa tog`dek suyanchig`ingiz bo`lishini bir on bo`lsa-da tasavvur qilgansiz. Unga kelajagingizni ishonib topshirgan ekansiz, nega endi bu borada ikkilanasiz?! U onasi ko`rsatgan, tanishlari tavsiya qilgan go`zallar orasidan aynan sizni yori deb bildi, avlodining davomini faqat sizga ishondi, oilasini gullab-yashnatishingizni istadi! Shuning o`zi sizga etarli emasmi?!

Cho`chimang, hammasi yaxshi bo`ladi!

Juftlik o`rtasida muhabbat rishtalari bo`lishi juda muhim va shart! Kuyovingizdan cho`chimang, uni «yaqin insonim» deb qabul qiling. Ba`zi hollarda kelinning kuyovni yoniga yaqinlashtirmasligi vaginizm kasalligi oqibatida ham bo`ladi. Bu kabi muammoga duch kelgan juftliklarga, avvalo, kelinni ginekolog ko`rigiga olib borish, undan keyin esa seksapotolog qabuliga borish tavsiya etiladi. Vaziyat ijobiy tomonga hal bo`lishi uchun masalaga bee`tibor bo`lmang. Yodda tuting, vaqtni cho`zib yurishingiz jinsiy yaqinlik ro`y berishini yanada qiyinlashtiradi. Er-xotin o`rtasida sovuqchilik, tushunmovchilik paydo bo`lishi mumkin, bu esa muammoni chigallashtiradi. Tabibu azayimxonlarga qatnagandan ko`ra, malakali mutaxassisdan yordam so`rang.

Qars ikki qo`ldan chiqadi

Turli mayda gap-so`z, yangi muhitga ko`nikish, qaynona-qaynotaning xizmati, uyalib ovqatlana olmaslik, qimtinib yurish kelinni kuchli ruhiy stress holatiga tushirishi mumkin. Ishoning, bu vaqtinchalik holat. Kelin shu uyning qozonida qaynay boshlashi bilan hammasi o`tib ketadi. Buning uchun esa kuyovdan faqat vaqt, sabr va e`tibor talab qilinadi. Kelin ham o`z navbatida juftining ko`ksidan itarmay, uni o`ziga hammadan ko`ra yaqin bilishi lozim. Qo`rquv ketib, istak uyg`onishi uchun balki romantik film yoki shunga o`xshash muhit yaratilishi kerakdir. O`ylab ko`ring.

Baxtli hayot tomon chiptani boy bermang

Yotoqxonada qafasga tushgan qushdek cho`chib turish kuyovdan uyalganlik belgisidir. Lekin bu iymanish hayotingizni zaharga aylantirishiga yo`l qo`ymang! Hamma narsani o`z chek-chegarasi bor! Nainki birinchi nikoh kechasi, balki bir umrlik hayotingiz aynan ilk marotaba qilgan hatti-harakatlaringiz bilan belgilanishini bilasizmi? O`zingizni bo`sh qo`ying. Qarshingizda barcha istagingizni muhayyo qilishga shay turgan eringizning ra`yini qaytarmang! Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, oilaning baxti er-xotin o`rtasidagi nozik munosabatlarga bog`liq. Siz ham baxtlilar safida bo`lishni istamaysizmi? Nega unda «qo`limdan kelmaydi, qo`rqaman» deb noliysiz?!

Ayollik, onalik nasib qilsin!

Onangizga bir qarang! Qanday baxtli ayol! U ikki-uchta farzandning onasi, otangiz ardog`idagi ojiza. Yoki qaynonangizni olaylik. Atrofida o`g`illari, kelinlari parvona! Qaynotangiz bilan dasturxon boshida katta uyning bekasi bo`lib o`tiradi. Qattiqqo`l qaynotangiz ham uning har bir gapini inobatga oladi. Siz ham ular kabi bo`lishni xohlamaysizmi? Ona bo`lishni, ayollik baxtini to`liq his qilishni o`zingizga ravo ko`rmaysizmi? Agar xotinlik vazifalari shu qadar dahshatli bo`lganida edi, ko`zining qorachig`idek asrab-avaylagan ota-onangiz sizni turmushga bermagan bo`lardi.

Hayotingiz o`z qo`lingizda!

Sizni qo`rqitish yoki cho`chitishdan yiroqmiz. Ammo bu gapni aytmasak bo`lmaydi! Sizni yagona yori deb bilgan juftingizni yaqinlik qilish fikridan qaytib qolishiga yo`l qo`ymang! Rafiqasi bilan ko`ngildagidek turmush kechirib turib ham xiyonat ko`chasiga kirgan erkaklar qancha. O`zini sinab ko`rish maqsadida eringiz ham shunday yo`l tutmaydi, deb kim kafolat beradi? Uni keyin ortiga qaytarolsizmi? Nima bilan?! Yaxshisi, vaziyatni hozirdan tuzating. So`nggi pushaymon o`zingizga dushman bo`lmasin!

Источник

Adblock
detector